Britaniyadagi noqonuniy migrantlarni Ruandaga deportasiya qilish taqiqlandi

Britaniyadagi noqonuniy migrantlarni Ruandaga deportasiya qilish taqiqlandi

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Kir Starmer o‘zining ilk rasmiy qarorlaridan birida noqonuniy muhojirlarni Ruandaga deportasiya qilish dasturidan voz kechdi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Ruanda dasturi boshlanishidan oldin o‘lgan va ko‘milgan edi. Men ishlamaydigan hiyla-nayranglardan foydalanishni davom ettirishga tayyor emasman, dedi Starmer.

Britaniyadan Ruandaga noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish haqidagi qonun loyihasi avvalgi bosh vazir Rishi Sunakning asosiy loyihasi edi. U Britaniyaga noqonuniy kirgan boshpana izlovchilarni Ruandaga yuborishni qilishni taklif qilgan.

Bu taklif inson huquqlari faollarining keskin bahs-munozaralari va e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Ammo Sunak baribir Ruanda ssenariysini amalga oshirishga harakat qilgan. Loyiha allaqachon Britaniyaga yuz millionlab funt sterlingga tushgan.

Har yili o‘n minglab odamlar asosan kichik qayiqlarda La-Mansh orqali Britaniya qirg‘oqlariga noqonuniy keladi. Britaniya hukumati noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalar va boshqa turar joylarga joylashtirish uchun har yili milliardlab funt sterling sarflashga majbur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!