Britaniya hukumati «Chelsi»ni amerikalik investorlarga sotishni ma’qulladi

Britaniya hukumati «Chelsi»ni amerikalik investorlarga sotishni ma’qulladi

«Chelsi» tez orada amerikalik milliarder Todd Byolining qo‘liga o‘tishi mumkin.

«Sky Sports» nashrining xabar berishicha, Byoli 4,25 mlrd yevro evaziga London klubini xarid qiladi. Avvalroq, ushbu xaridni Angliya Premyer-ligasi ma’qullagandi.

Manbaga ko‘ra, Buyuk Britaniya qirollik hukumati ham «Chelsi»ni Todd Byoliga sotilishiga rozilik bildirgan. Ushbu xaridning hujjat masalalari 31 maygacha yakunlanishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Byoli «Los-Anjeles Dodjers» beysbol klubining ham aksiyadori sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!