Braziliya va Argentina yagona valyuta yaratmoqchi

Braziliya va Argentina yagona valyuta yaratmoqchi

Braziliya va Argentina yaqin orada yagona valyuta yaratish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshlaganini e’lon qilmoqchi. Braziliya yangi valyutani "sur" (janub) deb nomlashni taklif qilmoqda, deb yozadi Financial Times gazetasi.

Gazetaning yozishicha, Braziliya prezidenti Luis Inasio Lula da Silvaning Argentinaga tashrifi chog‘ida ushbu mavzu bo‘yicha rasmiy izohlar berilishi kutilmoqda. Tashrif yakshanba kuni kechqurun boshlanadi.

Argentina iqtisodiyot vaziri Serxio Massa Financial Times gazetasiga bergan intervyusida "Yagona valyuta uchun zarur bo‘lgan parametrlarni, jumladan, fiskal masalalardan tortib iqtisodiyot hajmi va markaziy banklarning roligacha bo‘lgan barcha parametrlarni o‘rganishni boshlash to‘g‘risida" qaror qabul qilinadi.

Braziliya va Argentina siyosatchilari 2019 yilda yagona valyuta yaratish g‘oyasini muhokama qilishgan. Ammo keyin Braziliya Markaziy banki bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamadi.

"Keyinchalik tashabbus Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlariga ham kengaytirilishi mumkin", deyiladi maqolada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!