Bozorlardagi kunlik narxlarni e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda

Bozorlardagi kunlik narxlarni e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda

Respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari yuzasidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq ulgurji bozori), go‘sht mahsulotlari bo‘yicha esa “Eski juva dehqon bozori” AJda (Chorsu) shakllangan narxlar mo‘ljal bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi.

Tadbirkorlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklarining takliflarini inobatga olgan holda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarini kuzatib borish uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilib, bozorlarga keltirilayotgan mahsulotlar narxlarini onlayn rejimda kunlik monitoring va e’lon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qo‘yliq ulgurji bozorida – 28 turdagi meva, sabzavot, dukkakli va guruch mahsulotlari narxlari bo‘yicha ma’lumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar, Chorsu bozorida – mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha ma’lumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘iladi.

Ushbu tizimning amaliyotga joriy qilinishi dastlabki bosqichda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqonlar hamda ulgurji va chakana savdodagi tadbirkorlar uchun zaruriy ma’lumotlar bazasi vazifasini bajaradi.

Xususan, dehqon va fermerlar uchun mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnomalar tuzishda dalaning o‘zida joriy narxlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Ushbu tizimdagi narxlar respublikaning boshqa hududlaridagi ulgurji va chakana narxlarning shakllanishiga mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida tahlil va qaror qabul qilishda ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.

Narxlar kuzatuvi amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Ma’lumotlarni to‘plash vaqt sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!