Bosh rejasi bor hududlarda ham yer ajratish va qurilish “genplan”ga zid ravishda amalga oshirilmoqda

Bosh rejasi bor hududlarda ham yer ajratish va qurilish “genplan”ga zid ravishda amalga oshirilmoqda

Yig‘ilishda so‘nggi besh yilda tuman va shahar bosh rejalarini ishlab chiqishga 510 milliard so‘m ajratilgani, biroq bugungi kunda 163 ta tuman va shaharning bosh rejasi ishlab chiqilishi zarur bo‘lsada, 83 ta tuman va shaharning bosh rejasi haligacha yakuniga yetkazilmagani tanqid qilindi.

Yoki, bosh rejasi bor hududlarda ham yer ajratish va qurilish “genplan”ga zid ravishda amalga oshirilmoqda.

O‘tgan yilning o‘zida respublikada 814 ta bunday holat aniqlanib, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm va Namangan viloyatlarida ancha yuqori.

Boshqa bir misol, Namangan shahrining 2007 yilda tasdiqlangan bosh rejasida 2035 yilgacha aholi 630 ming nafarga yetishi prognoz qilinib, hisob-kitoblar qilingan. Vaholanki, bugungi kunning o‘zida Namangan shahri aholisi qariyb 1 million nafarga yetdi.

Yoki, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 2024 yilga qadar yangi quvvatlarni ishga tushirib, 12 mingta yangi ish o‘rni yaratadi. Bu kelgusi 4 yilda Zarafshon aholisi 100 ming nafardan (hozirda 84 ming nafar) oshib ketadi, degani.

Zarafshonning bosh rejasida esa (2008 yilda tasdiqlangan), shahar aholisi 2030 yilga borib 70 ming nafarga yetishi prognoz qilingan.

“Bir so‘z bilan aytganda, shaharlarning avval tasdiqlangan bosh rejalari aholi va iqtisodiyotning bugungi kundagi o‘sish sur’atlari, sanoat va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi talablariga mos emas”, dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!