Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qo‘mitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Bosh prokuratura, Bojxona va Soliq qo‘mitalariga maishiy texnikalar noqonuniy aylanmasi va kontrabandasiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportini kengaytirish maqsadida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Investisiyalar va tashqi savdo vazirligiga:

- Toshkent viloyatida elektr jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha 58 million dollarlik 14 ta loyihani;

- Farg‘ona viloyatida maishiy texnika va kabel simlari ishlab chiqarish bo‘yicha 56 million dollarlik 9 ta loyihani;

- Andijon viloyatida 34 million dollarlik maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha 8 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga bir oy muddatda 100 million dollarlik loyihalar to‘plamini shakllantirishga topshiriq berildi.

Kelgusi yildan boshlab Innovasion rivojlanish vazirligi elektronika va mikro-elektronika yo‘nalishida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish uchun grant ajratib borishi belgilandi.

Oxirgi yillarda aholi xonadonlarining maishiy texnikaga bo‘lgan talabi har yili 10-15 foizga oshmoqda. Bu ularning servis xizmatiga ham talabi ortib bormoqda, degani.

Mutasaddilarga yirik ishlab chiqaruvchilar bilan birga hududlardagi kasb-hunar maktablarida maishiy texnikalarga xizmat ko‘rsatishga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!