BMTga plastik ishlab chiqarishni kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishishning iloji bo‘lmadi
Plastik chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan global bitim bo‘yicha muzokaralar tugadi. Uch yillik muhokamalardan so‘ng, Jenevada to‘plangan 180 ga yaqin mamlakat vakillari bitimning yagona matni bo‘yicha kelisha olishmadi. Bugun ertalab bir nechta delegasiyalar muzokaralar tugaganini rasman e’lon qildi.
Tomonlar pozisiyasi butunlay qarama-qarshi bo‘lib chiqdi.
🔹 100 dan ortiq davlat — jumladan, Germaniya, Yevropa Ittifoqi a’zolari, shuningdek ko‘plab Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika davlatlari —
plastik ishlab chiqarishni keskin kamaytirish,
bir martalik idishlar (stakan, vilka va hokazo)ni taqiqlash,
hamda qayta ishlash sanoatini rivojlantirish tarafdori bo‘ldi.
🔸 Ammo neft va plastmassa ishlab chiqaruvchi yirik mamlakatlar — jumladan, Saudiya Arabistoni, Eron va Rossiya — bunday cheklovlarga qarshi chiqib, diqqatni chiqindini boshqarishni yaxshilashga qaratishni taklif qildi.
📈 1970 yildan buyon jahonda plastik ishlab chiqarish etti barobarga oshdi
🔁 Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 367 million tonnani tashkil etmoqda
🗑 2050 yilga kelib, yillik hajm 600 million tonnaga yetishi mumkin
🌍 Hozirgacha dunyoda 8,3 milliard tonna plastik ishlab chiqarilgan,
shundan 6,3 milliard tonnasi chiqindiga aylangan — va ularning katta qismi poligonlarda yotmoqda yoki tabiatda parchalanmoqda.
