Blinken Janubiy Koreyaga Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi

Blinken Janubiy Koreyaga Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Tae Yolga Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Amerika Ovozi xabar bermoqda.

Kecha diplomatlar telefon orqali gaplashgan. Suhbat chog‘ida Davlat departamenti rahbari KXDR va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik chuqurlashayotganini, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom etayotganini qoraladi. Blinkenning fikricha, Moskvaning harakatlari BMT Xavfsizlik Kengashining ko‘plab rezolyusiyalariga ziddir.

Blinken Koreya yarim orolida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun Vashington va Seul o‘rtasidagi mustahkam ittifoqning hayotiy muhimligini yana bir bor ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!