Biz bilgan va bilmagan Madaminbek

A A A
Biz bilgan va bilmagan Madaminbek

Madaminbekning asl ismi Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li bo‘lib, u 1892 yili Marg‘ilon atrofida – hozirgi Toshloq tumanining Sadda qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi So‘kchilik qishlog‘ida o‘rtahol oilada tug‘ildi. Madaminbekning otasi Ahmadbek o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan chiroyli odam bo‘lganligini marg‘ilonliklar yaxshi eslashadi. Ahmadbekning besh farzandi bo‘lib, Madaminbek ularning eng kenjasi edi.

Madaminbekning Maqsudali va Mamadali ismli ikki akasi, Mehriniso va Mayramniso ismli ikki opasi bo‘lgan. Ota-onasi o‘z davrining savodli va bilimdon kishilari, mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘lar davrasida boobro‘ odamlar bo‘lishgan. Ana shunday ma’rifatli oilada voyaga yetgan Madaminbek to‘g‘ri so‘zli, do‘stlariga sadoqatli, mulohazali va diyonatli yigit bo‘lib o‘sdi.

Madaminbek Birinchi jahon urushi arafasida chor Rossiyasi hukmronligiga qarshi bosh ko‘taradi. 1914 yili qamoqqa olinadi. Sud Madaminbekning o‘zi tan olmagan ayblar – qotillik va o‘g‘rilikni ham unga to‘nkab, 14 yilga Sibirdagi Nerchinsk degan joyga katorgaga hukm qiladi.

1917 yil Fevral inqilobidan keyin siyosiy mahbus sifatida Madaminbek ozodlikka chiqadi va Marg‘ilonga qaytib keladi. «Sho‘roi ulamo» jamiyatining rahbarlari Madaminbekni shahar mirshablari boshlig‘i – qo‘rboshisi lavozimiga bejiz tavsiya etishmaydi.

Agar u qotil va o‘g‘ri bo‘lganida nufuzli ulamolar va ziyolilar unga bu lavozimni taklif qilishmas edilar. Sovet rejimi yillarida Madaminbek va boshqa qo‘rboshilarga «o‘g‘ri», «bosqinchi», «bandit» degan sun’iy yorliqlarni yopishtirish odat tusiga kirgan edi.

Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallagach, Farg‘ona viloyati harbiy komissari K.Osipov Madaminbekni Marg‘ilon milisiyasi boshlig‘i etib tayinlash haqidagi buyruqqa qo‘l qo‘yadi va uni qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi. 1918 yil yanvar oyining oxirigacha Madaminbek shu lavozimda xizmat qiladi.

Biroq sovet rejimining xalqqa qarshi siyosati Madaminbekni ozodlik uchun kurashga undadi. 1918 yil mart oyining boshlarida Madaminbek o‘z milisionerlari bilan istiqlolchilar safiga o‘tdi. Madaminbek ayrim siyosatdonlar va tarixchilar hozir ham da’vo qilayotganlaridek, Qo‘qon xoni bo‘lish uchun emas, balki yurtida tinchlik o‘rnatish va bosqinchilarga qarshi kurashish uchun qo‘liga qurol tutdi.

Madaminbek atrofida Marg‘ilon va Toshloqdagi jasur chapani yigitlar to‘plandilar. «Yakkatut bo‘lisi Garbuva (Garbobo) qishlog‘idagi Madaminbek guruhining qarorgohiga ommaviy ravishda mahalliy yoshlar kelib qo‘shilardi», – deb yoziladi 1918 yilgi rasmiy hujjatlarning birida.

1918 yil bahorida Madaminbek qo‘l ostida dastavval 1000-1500 yigit to‘plandi. «Deh qondan so‘nggi yaktagini ham tortib olgan» sho‘ro hokimiyatiga qarshi kurashish Madaminbekning asosiy matlabi bo‘lgan. Milliy-ozodlik harakati safiga Madaminbek singari salohiyatli sarkardaning qo‘shilishi juda katta ahamiyatga ega edi.

«O‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona Muxtoriyatini tiklash vazifalarini qo‘ygan Madaminbek tadbirkor siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi», – deb tan olinadi o‘sha davrga oid rasmiy hujjatlarning yana birida.

Madaminbek yigitlari o‘rtasida harbiy intizom kuchli edi. Madaminbekchilar bosqinchi va o‘g‘rilarni o‘zlari ushlab jazosini berishardi. Masalan, «1919 yil boshida Toshloqda Ishoq ishboshi va Tojibek kunjarafurush mayda bosqinchilik guruhlarini tuzgani uchun Madaminbek yuborgan odamlar tomonidan otib tashlandi».

Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar o‘zaro mujassam bo‘lgan. U Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilarning tan olingan yo‘lboshchisi edi. Madaminbek vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o‘z siyosiy boshqaruv usulini o‘rnatdi. Bunday boshqaruv usulini yana Farg‘ona vodiysida Katta Ergash va Shermuhammadbek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Anvar Posho va Salim Posho, Xorazm respublikacida esa faqat Junaidxon kabi sardorlargina joriy etgan edilar.

1918 yil noyabr oyining boshida Andijon uyezdidagi Oyimqishloqda (hozirgi Andijon viloyati Jalolquduq tumani) bo‘lgan Farg‘ona vodiysi qo‘rboshilarining qurultoyida Katta Ergash qo‘rboshi o‘rniga istiqlolchilarning Oliy bosh qo‘mondoni qilib Madaminbek saylandi. Uning o‘rinbosarlari qilib Katta Ergash (taxminan 1882 – 1921) va Shermuhammadbek (1893 – 1970) tayinlandi.

Madaminbek 1918 yilning oxiridayoq mustaqillikka urinayotgan yirik qo‘rboshilarning faoliyatini boshqarishga muvaffaq bo‘ldi. Shermuhammadbek, Nurmuhammadbek, Xolxo‘ja Eshon, Mahkam Hoji, Rahmonqul, Omon Polvon va qirg‘iz mujohidlarining boshlig‘i Muhiddinbek singari qo‘rboshilarni yagona qo‘mondonlik ostiga birlashtirish undan juda katta kuch-g‘ayratni talab etdi.

O‘z qishlog‘i va tumanida «o‘zi bek» bo‘lgan bu qo‘rboshilarning qarshiligi va o‘zboshimchaligini Madaminbek sindirishga erishdi. U Xolxo‘ja Eshonning shuhratparastligi va kaltabinligiga qarshi ancha kurashdi. Katta Ergash qo‘rboshi bilan Madaminbekning munosabatlari ham tez-tez o‘zgarib turardi.

Madaminbek qo‘shini safida xalqning barcha tabaqalariga mansub kishilar bor edi. «Madaminbek boylar va mahalliy aholi tomonidan to‘la ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda», – deb aytgan edi 1918 yil oktyabrda Marg‘ilon shahrining favqulodda komissari Sugrubov. «Madaminbek har qanday aksilinqilobchi va sovetlardan norozi odamni, u qaysi millat vakili ekanligi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, xursandlik bilan kutib olardi», – deyiladi boshqa bir rasmiy hujjatda.

Madaminbek qisqa muddat ichida o‘z atrofiga aqlli maslahatchilarni to‘pladi va ular ko‘magida yaxshi tayyorlangan xodimlarni Farg‘ona vodiysining hamma joylariga o‘z vakillari sifatida yubordi. Madaminbek yuborgan bunday vakillar vodiyning barcha shaharlari, katta qishloqlarida bo‘lib tub xalqlarni mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashga oyoqlantirdilar.

«Madaminbek turli siyosiy oqimdagi kishilarni birlashtira oldi. Shuning uchun ham hech qaysi qo‘rboshi uningchalik kuch-qudratga ega bo‘lmagan edi», – deb o‘sha paytdayoq yozgan edi uning g‘oyaviy muxoliflaridan biri sovet harbiy tarixchisi V.Kuvshinov.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1998 yil avgust oyida Farg‘ona shahrida bo‘lgan mitingda Madaminbek shaxsiga, uning suronli hayotiga, bu millatparvar, isyonkor, oqil insonning taqdiriga munosib baho berib. sovet tuzumi davrida adolat va haqiqat uchun tinmay kurash olib borgan yurtparvarning suronli hayotiga quyidagi tarzda munosabat bildirdi: «Madaminbek muttaham, o‘g‘ri bo‘lmagan. Ozodlik, adolat uchun kurashgan» («Xalq so‘zi», 1998 yil, 11 avgust).

Yosh Madaminbek tadbirkor lashkarboshi bo‘lish bilan birga, usta siyosatchi, mohir diplomat ham edi. U Farg‘ona vodiysidagi qo‘rboshilarni yagona qo‘mondonlik ostiga birlashtirdi, Buxoro amiri Said Olimxon (1881 – 1944) va Xiva xonligining amaldagi hukmdori Junaidxon (1857 – 1938) bilan qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib bordi.

Samarqand viloyati istiqlolchilarning rahbarlari Bahrombek (? – 1922) va Ochilbek (taxminan 1883 – 1923) huzuriga o‘z vakillarini jo‘natdi. Afg‘oniston va Turkiyaga ham ishonch li kishilar yuborildi. Madaminbek Rossiyaning Koshg‘ardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P.Eserton orqali jahon sahnasiga chiqishga, Yevropa davlatlari hamda AQShdan bolsheviklarga qarshi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intildi. Madaminbekning bu sa’y-harakatlari xalqaro maydonda sezilarli yutuqqa olib kelmasa ham, lekin Farg‘ona vodiysining o‘zida mustabid sovet rejimiga qarshi kuchlarni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Madaminbek tomonidan mohirona diplomatik siyosat yuritilganligi natijasida 1919 yil 22 oktyabrda uning boshchiligida Farg‘ona Muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgani vodiydagi vaziyatni istiqlolchilar foydasiga o‘zgartirib yubordi. Yagona, kuchli va malakali zamonaviy musulmon armiyasi tuzish ishlari qizib ketdi. 1919 yilning kech kuziga kelib, «Madaminbek qo‘l ostida salkam 30000 yigit» qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordi. Bu paytda «Shermuhammadbekda 20000 yigit», «Katta Ergash qo‘rboshida 8000 yigit bo‘lgan». Ana shu lashkarboshilar vodiydagi jangovar harakatlarni yo‘naltirib turdilar.

Sovet rejimi va bolsheviklar istiqlolchilarga qarshi kurashish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Turkiston fronti, Turkkomissiya, Turkbyuro, keyinchalik RK(b)P markaziy komiteti O‘rta Osiyo byurosi kabi turli tashkilotlar, komissiya va byurolar tuzilib, boz ustiga Rossiya markazidan doimiy ravishda Turkiston mintaqasiga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlab turildi. Bu holat, xususan, Orenburg tiqini tugatilgach, avj olib ketdi. 1920 yil yanvar oyining o‘rtalariga kelib, jangovar tashabbus qizil armiya qo‘liga o‘tdi.

Harbiy tashabbus qo‘ldan ketganligini, har qadamda xiyonat ta’qib qilayotganini ko‘rgan Madaminbek o‘z yigitlari hayotini saqlab qolish maqsadida Farg‘onadagi sovet qo‘shinlari qo‘mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif etdi. Istiqlolchilar qo‘shinining Bosh qo‘mondoni Madaminbek bilan 2-Turkiston o‘qchi diviziyasining boshlig‘i N.A.Veryovkin-Roxalskiy o‘rtasida 1920 yil 6 martda Skobelev (hozirgi Farg‘ona) shahrida yarash bitimi imzolandi. Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning o‘nlab qo‘rboshilari va 3500 yigiti ham o‘tgan edi.

Lekin Madaminbekning diplomatik tadbirlari bu gal samarasiz tugadi. Sovet qo‘mondonligi tomonidan muzokaralar o‘tkazish uchun qo‘rboshilar orasiga yuborilgan Madaminbek Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo‘ja Eshon tomonidan 1920 yil 14 mayda qirg‘izlarning Qorovul qishlog‘i atrofida xiyonatkorona o‘ldirildi.

Madaminbek bilimdonligi va tashabbuskorligi, o‘zining demokratik qarashlari va harbiy salohiyati bilan boshqa qo‘rboshilardan ancha ustun turgan. U xalq orasida kuchli mehr-muhabbat va katta obro‘ga sazovor edi. Tabiiyki, millat mustaqilligi uchun kurashgan Madaminbek singari yurtparvarlar sovet rejimi uchun juda xavfli edi. Shu sababli ham Madaminbekning halok bo‘lishidan birinchi navbatda sho‘rolar manfaatdor bo‘lgan. Adolat yuzasidan aytganda, Madaminbekning ayrim ishlari ba’zi o‘zbilarmon qo‘rboshilar va ulamolarga ham yoqmas edi. Istiqlolchilik harakatidagi bunday ziddiyatli holatlar Madaminbek qismatining fojiali tugashida o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.

Madaminbek fojiali ravishda halok bo‘lgan bo‘lsa ham, uning porloq nomi Turkiston istiqlolchilari o‘rtasida tillarda doston bo‘ldi. Madaminbek haqida turli qo‘shiqlar to‘qilib, istiqlolchilar tomonidan kuylandi. Maxfiy arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, ana shunday qo‘shiq matnlarining biriga Munavvar Qori ancha sayqal bergach, bu qo‘shiq yana ham mashhur bo‘lib ketadi.

Madaminbekning qabri hozirgi Qirg‘iziston Respublikasi hududida, Oloy vohasidagi Shig‘ay qishlog‘idadir. Bu manzil XX asrning 20-yillaridan boshlab o‘zbek, qirg‘iz va boshqa turkiy xalqlarning ziyoratgoh maskaniga aylangan. Qabr ustiga o‘rnatilgan marmartoshda «Turing begim, gunohlarni yuvaylik, bosqinchini Ona yurtdan quvaylik!» degan she’riy bitik lotin imlosida o‘zbek tilida o‘yib yozilgan. She’riy matn ostida qilichning rasmi aks ettirilgan.

Madaminbek yurt ozodligi va istiqloli uchun kurashda qurbon bo‘ldi. U o‘z o‘limi bilan bugungi Mustaqilligimizga poydevor qo‘ydi, hozirgi istiqlol kunlarimizni yaqinlashtirdi.

Manba: tarjumon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Abduqodir Husanovning «Liverpul»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

"Манчестер Сити" Англия кубоги чорак финалида "Ливерпуль"ни йирик 4:0 ҳисобида мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди.

AQSh kelasi yili Kiyevga yordam bermaydi

Оқ уйнинг 2027 йилги Қўшма Штатлар учун федерал бюджет таклифида Киевни қўллаб-қувватлаш учун ҳеч қандай маблағ кўзда тутилмаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.