Bilol Muhammad Chimayevni Makgregorga o‘xshatdi

Bilol Muhammad Chimayevni Makgregorga o‘xshatdi

Yarim o‘rta vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Bilol Muhammad Hamzat Chimayevni ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini tanqid qilib, uni irlandiyalik jangchi Konor Makgregorga o‘xshatdi.

Gap shundaki, Shvesiya nomidan janglarda ishtirok etadigan Chimayev 77 kg vaznda sobiq UFC chempioni nigeriyalik Kamaru Usmon bilan ehtimoliy jang haqida shovqinli so‘z o‘yinlari tashkil qilib, promoushen prezidenti Dana Uaytning e’tiborini qaratishga urinmoqda.

Tashkilot rahbari ham ijtimoiy tarmoqda shovqin solib, tresh-toklar uyushtirishni yaxshi ko‘radigan jangchilarni faqat g‘alaba bilan cheklanib qoladiganlaridan afzal biladi.

Yarim o‘rta vazn toifasi reytingining 3-pog‘onasini egallab turgan Bilol Muhammad esa o‘zidan bir vazn yuqorida jang qiladigan Chimayevning tarmoqdagi gaplari shunchaki e’tibordan qolmaslik uchun navbatdagi reja ekanini aytmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik meni g‘ashimga tegyapti. Hamzat Makgregorga o‘xshagan yigit. U shunchaki e’tiborda bo‘lishni xohlaydi, shunga ijtimoiy tarmoqlarda turli xil postlarni joylamoqda. Hamzat bu jang uchun anchagina vazn tashlashi kerak. Agar yarim o‘rta vazn me’yorini bajarsa, ajoyib jang bo‘ladi. Biroq u hatto o‘z vaznini ham qilolmaydi”, deydi Muhammad.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Chimayev AQSh vakili Kevin Xolland bilan uchrashib, birinchi raunddayoq g‘alaba qozongan. Usmon esa so‘nggi jangini britaniyalik Leon Edvardsga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!