Billi Aylish aktrisa sifatida debyut qildi

Billi Aylish aktrisa sifatida debyut qildi

Pop yo‘nalishida ijod qiluvchi dunyoga mashhur xonanda Billi Aylish birinchi marta aktrisa sifatida ekranga chiqdi. “Oskar” va “Gremmi” mukofoti sovrindori Amazon Prime Video stiriming xizmatining yangi “Asalari uyasi” serialida suratga tushdi.

Aylishning debyuti TIME va Telegraph nashrlarining sharhlaridan ma’lum bo‘ldi. “Asalari uyasi” seriali tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. Loyiha Rotten Tomatoes agregator veb-saytida 79 foiz va Metacritic'da 100 balldan 70 ball oldi.

Serial yaratuvchilardan biri “Atlanta” loyihasining muallifi Donald Glover. Sujet Drening sevgilisi va uning singlisi, ko‘p muxlislarga ega bo‘lgan pop-yulduz Marissa bilan munosabati haqida boradi.

Loyihadagi bosh rollarni Dominik Fishbek va Xlo Beyli ijro etgan. Serialning barcha yettita qismi Prime Video'da 17 mart kuni namoyish etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!