Belgiya Kiyevdan Belgorod yaqinidagi qurollari bilan bog‘liq hodisa tufayli tushuntirish talab qiladi

Belgiya Kiyevdan Belgorod yaqinidagi qurollari bilan bog‘liq hodisa tufayli tushuntirish talab qiladi

Belgiya hukumati Belgorod viloyatiga hujumda qo‘poruvchilik va razvedka guruhi tomonidan Belgiya qurollaridan foydalangani sababli Kiyev rasmiylaridan tushuntirish talab qiladi. Bu haqda Le Soir gazetasi manbaga tayanib yozmoqda.

Avvalroq The Washington Post gazetasi AQSh rasmiylariga tayanib, jangarilar Belgorod viloyatiga hujum paytida Belgiya va Chexiyada ishlab chiqarilgan qurollardan foydalangani haqida xabar bergan edi.

“Belgiya mudofaa vaziri Ludivine Dedonder va tashqi ishlar vaziri Aja Labib eng qisqa fursatda Ukraina hukumati bilan bog‘lanib, vaziyatga aniqlik kiritishni talab qiladi”, — deyiladi RIA Novosti bayonotida.

Belgiya rasmiylari Ukraina Qurolli kuchlariga berilgan qurollar “o‘z hududi va aholisini himoya qilish” uchun mo‘ljallanganligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!