Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

Professional bokschi, Rio Olimpiadasi finalchisi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, hamyurtimiz 7 oktyabr kuni Las-Vegasda ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni Bektemirga amerikalik Alentez Foks raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Bektemir Meliqo‘ziyev shu kungacha prof boksda 13 ta jang o‘tkazgan va ularning 12 tasida g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Amerikalik 31 yoshli Alentez Foks esa 33 marta jang o‘tkazib, ularning 28 tasida g‘alabaga erishgan (13 ta nokaut). 4 ta jangda yutqazgan (2 ta nokaut) va 1 marotaba durang qayd etgan.

Oqshomning markaziy jangida Gilberto Ramires Jo Smitga qarshi ringga ko‘tariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!