Bayden Tramp ketganidan keyin ittifoqchilar bilan munosabatlarni tiklash uchun ko‘p vaqt ketganini ta’kidladi

Bayden Tramp ketganidan keyin ittifoqchilar bilan munosabatlarni tiklash uchun ko‘p vaqt ketganini ta’kidladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda Demokratik partiya vakillari ishtirokidagi tadbirdagi chiqishi chog‘ida o‘tmishda Donald Tramp prezidentligidan so‘ng AQSh ittifoqchilari va hamkorlari bilan munosabatlarni yaxshilash zarurligini ma’lum qildi.

Mamlakatning amaldagi prezidentini fikricha, Tramp ma’muriyati "AQSh zamonaviy tarixdagi eng ko‘p do‘st va ittifoqchilarini yo‘qotdi".

Bayden NATO, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan munosabatlarni tiklashga ko‘p vaqt sarflaganini va dunyo yetakchilari bilan suhbatlarda "yuzlab soatlar"ni o‘tkazganini ta’kidladi.

Avvalroq Tramp Bayden insoniyatni uchinchi jahon urushi xavfiga olib borayotganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!