Bayden: G‘azoda ko‘plab begunoh odamlar ochlikdan o‘lmoqda va bu tugashi kerak

Bayden: G‘azoda ko‘plab begunoh odamlar ochlikdan o‘lmoqda va bu tugashi kerak

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilning G‘azoga hujumlari juda shafqatsiz ekanini aytdi: «G‘azoda ko‘plab begunoh odamlar ochlikdan o‘lmoqda va bunga chek qo‘yilishi kerak».

AQSh prezidenti Bayden oxirgi daqiqada dasturga qo‘shilgan jonli efirda Oq uyda kameralar qarshisiga chiqdi.

Maxsus vakolatli prokurorning hisobotini sharhlar ekan, Bayden G‘azodagi so‘nggi vaziyatga to‘xtaldi. U AQSh ma’muriyatining bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari haqida gapirdi.

Bayden, 7-oktabr hujumlaridan so‘ng Isroilning G‘azoga uyushtirgan hujumlariga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qildi: «Menimcha, G‘azodagi harbiy javob juda shafqatsiz bo‘ldi».

Jo Bayden mintaqa davlatlari bilan G‘azoga ko‘proq gumanitar yordam jo‘natish masalasini bir necha bor muhokama qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni bunga ishontirishga harakat qilmoqda.

Bayden o‘z nutqida Meksika va Misr prezidentlarini aralashtirib yubordi.

«Meksika prezidenti Sisi dastlab insonparvarlik yordami o‘tish uchun eshiklarni ochmoqchi emas edi, men uni ishontirdim. Men Bibini (Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu - AA) ularni Isroil tomonida ochishga ham ishontirdim. Gumanitar yordamning G‘azoga yetib borishini ta’minlash uchun ko‘p harakat qildim. G‘azoda ochlikdan o‘layotgan begunoh odamlar ko‘p, qurbonlar ko‘p, odamlar qiyin ahvolda. Buni to‘xtatish kerak.«

Isroil va HAMAS o‘rtasida mahbus almashish bo‘yicha ehtimoliy kelishuv haqida Bayden shunday dedi: »Men ham o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni almashish kelishuvi ustida qattiq ishlayapman. G‘azo sektorida barqaror sulhga erishish uchun harakat qilyapman».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!