Bayden "Fiona" to‘foni tufayli Puerto-Rikoda tabiiy ofat e’lon qildi

Bayden "Fiona" to‘foni tufayli Puerto-Rikoda tabiiy ofat e’lon qildi

Chorshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden AQShga bog‘liq bo‘lgan Puerto-Riko shtatiga yirik tabiiy ofat sifatida e’tirof etilgan “Fiona” to‘foni sababli qo‘shimcha federal yordam olishini buyurdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Press-relizda ta’kidlanganidek, Amerika rahbari "Puerto-Rikoda yirik tabiiy ofat borligini e’lon qildi va mahalliy hokimiyat organlariga bo‘rondan zarar ko‘rgan hududlarda "tiklash ishlari" uchun federal yordam ko‘rsatishni buyurdi". "Yordam vaqtinchalik uy-joy va uy-joylarni ta’mirlash uchun grantlar, sug‘urtalanmagan mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun past foizli kreditlar va jismoniy shaxslar va biznes egalariga tabiiy ofat oqibatlaridan xalos bo‘lishga yordam beradigan boshqa dasturlarni o‘z ichiga olishi mumkin" - deb qo‘shimcha qildi Oq uy.

Yakshanba kuni “Fiona” to‘foni Puerto-Rikoning janubi-sharqiy sohillariga kelib tushdi. Roweroutage.us sayti seshanba kuni Puerto-Rikodagi 1,3 millionga yaqin uy va korxonalar bo‘ron oqibatida elektr ta’minotisiz qolgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!