Baxtiyor Saidov Xitoyga boradi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19−22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi.
XKP Markaziy qo‘mitasi ciyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida TIV rahbarlari Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqotni o‘tkazadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)