"Barselona" Gamper kubogini qo‘lga kiritdi
"Barselona" Gamper kubogida "Komo"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Joan Gamper kubogi har yili "Barselona" tomonidan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik turniridir. 1997 yildan beri u bitta o‘yindan iborat. “Ko‘k-anorranglilar” 47 marta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Gamper kubogi dastlab yangilangan "Kamp Nou"da o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo "Barselona" Barselona shahar kengashidan lisenziya olish bilan bog‘liq muammolar tufayli buni o‘tkaza olmadi.
"Joan Gamper" Kubogi.
Barselona, Ispaniya
«Barselona» – «Komo» – 5:0 (4:0)
Gollar: 1:0 – Fermin (21), 2:0 – Fermin (35), 3:0 – Rafinya (37), 4:0 – Yamal (42), 5:0 – Yamal (49).
«Barselona»: Joan Garsiya, Balde (Martin, 78), Arauxo (Kristensen, 78), Kubarsi (Torrents, 90), Erik Garsiya (Kunde, 46), de Yong (Kasado, 68), Pedri (Gavi, 68), Fermin (Toni Fernandes, 78), Rafinya (Pedro Fernandes, 79), Yamal (Bardagji, 79), Reshford (Torres, 46).
«Komo»: Byute, Kempf (Goldaniga, 90), Valye (Moreno, 55), Voyvoda (Engelxardt, 90), van der Brempt (Ramon, 46), Serdji Roberto (Perrone, 70), Pas (Kutrone, 89), Baturina (Kakre, 55), Ason (Da Kunya, 46), Duvikas (Rodriges, 46), Addai (Diao, 55).
