"Barselona" "Chelsi"ga o‘yinchi almashishni taklif qildi

"Barselona" "Chelsi"ga o‘yinchi almashishni taklif qildi

"Barselona" yozgi transfer oynasida "Chelsi"ga himoyachi almashishni taklif qildi, 90min.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi amerikalik himoyachi Serjinyo Destni ispaniyalik Markos Alonsoga almashtirishga tayyor. Britaniyaliklar hozircha bu taklifga javob bermagan.

31 yoshli Alonso o‘tgan mavsumda "Chelsi" safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli Dest “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!