Barmoq izlari qotilni 21 yil o‘tib fosh qildi. Ammo...

A A A
Barmoq izlari qotilni 21 yil o‘tib fosh qildi. Ammo...

Xalqimizda «Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin ham chiqadi», degan purhikmat naql bor. Albatta, buni kimdir teran his qilib, tan olsa, boshqa birov esa, bepisandlik bilan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlardan o‘zini tiyolmaydi.

Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi Inobat Almatova ham ketma-ket sodir etgan jinoyatlari naq 21 yildan so‘ng fosh etilganida yuqoridagi naqlning naqadar topib aytilganiga ishonch hosil qildi.

1996 yilning 3 yanvar kuni edi. Inobat Almatova poytaxtimizning Mirobod tumani Qo‘yliq ota ko‘chasi 30-uyga borib, xonadon sohibasi G. Safarova bilan uchrashdi.

— Ismim Guli, o‘zim G‘ijduvondanman, — deya tanishishni yolg‘ondan boshladi u. — Qo‘yliq va Mirobod bozorlariga sotish uchun guruch olib kelganman. Guruchni sotib bo‘lgunimcha uyingizda ijarada tursam, degandim. Iltimos, yo‘q demang.

Darhaqiqat, o‘shanda qish fasli bo‘lgani bois havo juda sovuq edi.

Binobarin, unga rahmi kelib, G.Safarova uyida «Guli»ning yashab turishiga rozilik berdi. Natijada u ana shu manzilda yashay boshladi.

Lekin uning asl maqsadi boshqa edi. Ya’ni, u payt poylab, bu uydan biror-bir nimani o‘marib ketishni ko‘zlar edi.

Oxir-oqibat shunday ham bo‘ldi. Oradan ikki kun o‘tgach, I. Almatova xonadon egalari uyda yo‘qligidan foydalanib, bir juft, bahosi 5.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan brilliant ko‘zli tilla zirak, narxi 30.000 AQSh dollarilik 6 karat brilliantli ayollar uzuklari va pul, kiyim-kechak hamda boshqa taqinchoqlardan iborat jami 321 031 100 so‘mlik mulkni o‘g‘irlab ketadi.

Biroq Inobat o‘zining eng qabih rejalarini shundan so‘ng amalga oshiradi.

Avvaliga u turmush o‘rtog‘i T.Misirovning jiyani S. Sattorov va tergovda shaxsi aniqlanmagan «Guli» ismli ayol bilan yolg‘iz yashovchi keksalarni gumdon qilib, ularning mol-mulkini egallash rejasini tuzadi. So‘ng uchovlon 1996 yil 16 aprel kuni Mirobod tumani Elektrotexnika 1-tor ko‘chasi, 12-uyga kelishadi.

Toshkentga zarur ish bilan kelgandik, qolishga joyimiz yo‘q. Ishimiz bitguncha uyingizdan joy bersangiz, haqini to‘laymiz, — deb rus tilida murojaat qildi I.Almatova shu uyda yashovchi 75 yoshli Mariya Shishkinaga.

Albatta, ijara evaziga bo‘lgani uchun M.Shishkina uning so‘zlariga shubha qilmay, hamrohlari bilan birga uyiga kiritdi. Biroq o‘sha damda ayol bu shaxslarning asl maqsadini, aniqrog‘i, shu shaxslar o‘zining umriga zomin bo‘lishini qayoqdan bilardi, deysiz?

Buni qarangki, Inobat qabih niyatini amalga oshirish maqsadida «fenazipam» psixotrop dorisini o‘zi bozordan keltirgan tortga aralashtirib, kampirga yedirmoqchi bo‘ldi. Ammo Mariya xola negadir tort yeyishdan bosh tortdi. Balki o‘sha damda uning ko‘ngli ro‘y berajak qabihlikni sezgandir. Jinoiy sheriklar bu qabih reja amalga oshmagach, yana qulay payt poylab turishdi. M.Shishkina oshxonaga kirganda esa, qo‘qqisdan unga hujum qilib, yerga yiqitishdi. So‘ng o‘ta shafqatsizlik bilan ayolning boshi, ko‘krak qismi, yuz sohasi va boshqa hayoti uchun muhim bo‘lgan a’zolariga ayovsiz zarba bera boshlashdi. Bunga ham qanoatlanmay, u hushidan ketgach, oyoq-qo‘lini bog‘lab, og‘zini sochiq bilan yopib, bo‘g‘ishadi.

Oqibatda ko‘p o‘tmay Mariya Shishkina jon taslim qiladi.

Shundan so‘ng qotillar xonadondan 3 dona gilam, billur guldon va qadahlar, «Madonna» chinni idishlari to‘plami va boshqa ashyolarni ko‘chadan yollab kelingan mashinaga yuklab ketishadi. Keyin esa, ular bu buyumlarni noma’lum shaxslarga sotib, pulini o‘zaro taqsimlab olishadi.

Lekin bu hali hammasi emasdi. Ular oradan bir oy o‘tib-o‘tmay, Mirzo Ulug‘bek tumani Bo‘zbozor 9-tor ko‘chasi, 17 a-uyda yolg‘iz yashovchi, 70 yoshli Aleksandra Xryukinani ham qasddan o‘ldirishdi. Ya’ni, Inobat dastlab uning uyiga avvalgidek, aldov yo‘li bilan ijarachi sifatida kirib oladi.

Xorazmdan katta miqdorda guruch olib kelganman. Turarga esa, joyim yo‘q. Rozi bo‘lsangiz, har kunimga 300 so‘mdan to‘layman, — deydi u.

I.Almatova shu tariqa ushbu xonadonga kirib olgach, A.Xryukinaning ishonchini qozonishga urinadi. Buni ancha-muncha uddalaydi ham.

Pirovardida 1996 yil 3 iyun kuni S. Sattorovni bozorda guruchni poylab yotgan turmush o‘rtog‘i sifatida tanishtirib, unikida yuvinib olishiga ruxsat so‘raydi. Aleksandra xola izn bergach, «xo‘jayini» uyga kiradi. Bu mahal A.Xryukinaning norasmiy eri P.Verbiskiy shifoxonada yotib davolanayotgan edi. Binobarin, «qahramon»imiz darhol S.Sattorovga imo-ishora bilan buyruq beradi. Natijada A.Xryukinani xuddi M.Shishkinani o‘ldirgani singari shafqatsizlik bilan o‘ldirishadi. Biroq bu uydan hech narsa olib ketisholmaydi. Negaki, ko‘chada qo‘shnilar ularga qarab turganidan shubhalanib, voqea joyidan yashirinishadi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oradan ikki yil o‘tsa ham Inobatning yuqoridagi jinoyatlari fosh bo‘lmaydi. U esa, bundan g‘ururlanib, juda katta miqdorda firibgarlikka qo‘l urdi. Bu qilmishi uchun sud uni 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Ammo amnistiya aktiga binoan 1 yildayoq muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi. Keyin esa, 2000 yilda bosqinchilik, 2001 yilda yana firibgarlik jinoyatlarini sodir etadi.

Chunki har ikkala jinoyati ham amnistiya tufayli harakatdan tugatilgani o‘ziga berilgan imkoniyat ekanligini I.Almatova his qilmadi.

Pirovardida 2004 yilda Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j», «i», «o», «p», «r»-bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi «a», «g», «j», «i», «o», «p», «r»-bandlari, 164-moddasi 4-qismi «a», «v»-bandlari, 273-moddasi 4-qismi «b»-bandi, 227-moddasi 2-qismi «a»-bandida nazarda tutilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarga qo‘l urib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudining 2016 yil 3 maydagi ajrimiga muvofiq esa, tayinlangan jazo 13 yil 4 oy muddatga keltirilgan. Natijada, u jazo muddatini to‘liq o‘tab, 2016 yil 26 oktyabr kuni ozodlikka chiqqan.

Buni qarangki, I. Almatova 2017 yilda biometrik pasport olish uchun IIBga murojaat qilganida uning bundan 21 yil oldin sodir etgan o‘g‘irlik va qotillik jinoyatlari fosh bo‘ldi.

Gap shundaki, biometrik pasport uchun suratga tushirish jarayonida fuqaroning barmoq izi ham olinib, elektron dasturga kiritiladi. Inobat Almatovaning barmoq izlari ana shunday dasturga kiritilgan ham ediki, jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan 1996 yilda ikki qotillik ro‘y bergan joydan olingan hamda qidiruv e’lon qilingan barmoq izlari orasidan chiqib qoldi. Oqibatda I. Almatovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a»-bandi, 97-moddasi 2-qismi «v», «j», «i», «p», «r»-bandlari, 164-moddasi 4-qismi «v»-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2017 yil 8 noyabrda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqildi va I.Almatova Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddalari bilan aybdor deb topildi. O‘rni kelganda shuni qayd etish kerakki, Jinoyat kodeksining 64-moddasi «g»-bandiga ko‘ra, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab, o‘n besh yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.

Mazkur holatda oradan 22 yil o‘tgani tufayli sud I.Almatovani Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a»-bandi bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilishni lozim topdi. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «j», «i», «p», «r»-bandlari va 164-moddasi 4-qismi «v»-bandiga binoan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 13 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Tayinlangan jazo esa, o‘tgan yillardagi 12ta amnistiya aktlarining har biriga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirilib, aybdor sud zalidan ozod qilindi. Shuningdek, jabrlanuvchi G.Safarovaga o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy ziyon bo‘yicha fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Bu mudhish voqea haqida o‘ylaganda, ko‘ngilda shunday fikr-mulohazalar tug‘iladi: to‘g‘ri, I.Almatova amnistiya aktlari va qonunchiligimizdagi bag‘rikenglikka asosan sud zalidan ozod qilindi. Biroq uni vijdon azobi va jabrdiyda marhumlar ruhi bir umrga ta’qib etmaydimi? U endi el-yurt oldida, tanish-bilishlar orasida qaysi yuz bilan yashaydi?

Albatta, bayon etilgan voqea har bir yurtdoshimizga saboq bo‘lishi shart.

Zero, qonun ustuvorligi ta’minlangan jamiyatimizda hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.

Muhtarama TURG‘UNOVA,

jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudyasi

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.