Banklar kartadagi pul aylanmasi haqidagi ma’lumotni soliq qo‘mitasiga beradi

Banklar kartadagi pul aylanmasi haqidagi ma’lumotni soliq qo‘mitasiga beradi

Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid axborotlarni Davlat soliq qo‘mitasiga elektron uzatish tartibini belgilab beruvchi nizom loyihasi e’lon qilindi. Loyiha 6 aprel kuni Regulation.gov.uz portalida e’lon qilingan.

Nizom loyihasiga ko‘ra, Markaziy Bank va tijorat banklari soliq qo‘mitasiga yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslarning hisobvaraqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu nizom loyihasi qabul qilinsa, tijorat banklari bir oy davomida jismoniy shaxslarning barcha bank kartalariga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanmasi 30 mln so‘mdan (shu jumladan, chet el valyutasi milliy valyuta ekvilentida bo‘lgan taqdirda) va transaksiyalar soni 10 tadan oshgan P2P operasiyalari (bir jismoniy shaxsning bank kartasidan ikkinchi jismoniy shaxs bank kartasiga pul o‘tkazilishi) to‘g‘risidagi axborotlarni DSQ so‘roviga ko‘ra uch ish kunida milliy hamda chet el valyutasida taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Soliq qo‘mitasi hisobvaraqlar bo‘yicha o‘tkazilgan pul mablag‘lari aylanmalari va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida Business Intellegence (zamonaviy biznes tahlillar tizimi) yordamida soliq to‘lamaslik xavfi darajasiga ko‘ra soliq to‘lovchilarni segmentlaydi. Tahlil natijalari tegishli soliq idoralariga beriladi.

Olingan ma’lumotlar maxfiy saqlanadi. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishlari belgilanadi.

Loyiha muhokamasi 21 aprelgacha davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!