Bahodir Jalolov: "Raqibni biz tanlamadik"

Bahodir Jalolov: "Raqibni biz tanlamadik"

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov 17 fevral kungi jangi haqida fikr bildirdi.

"Saudiya Arabistonida so‘nggi kunlarda ko‘plab sport turlari bo‘yicha nufuzli sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu kabi musobaqalarda ishtirok etishning o‘zi katta natija.

17 fevral kuni Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasida o‘tadigan jang oqshomida mening ham ringga ko‘tarilishim haqida xabar berildi va biz bunga rozi bo‘ldik. Hattoki, raqibni ham tashkilotchilar topdi, biz tanlamadik.

Men har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorman va unutmaslik kerak, bu yil Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi. Ushbu musobaqagacha bo‘lgan har bir jangim to‘rt yillikning eng yirik sport tadbiriga muhim tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mazkur boks oqshomida chiroyli jang o‘tkazib, g‘alaba qozonish uchun ringga chiqaman", - dedi Bahodir Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov chernogoriyalik Dilan Prashovichga qarshi ringga chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!