BAAning marhum prezidenti xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi

BAAning marhum prezidenti xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi

13 may kuni BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon dunyodan ko‘z yumdi. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi va MOQ rahbariyati marhum davlat rahbarining vafoti yuzasidan BAAning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, Amirlik xalqiga chuqur hamdardlik izhor qildi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va uning o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimovni BAAning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Said Matar Sulton Al Siri Al Kamzi qarshi oldi. Mutasaddilarimiz suhbat davomida Shayx Xalifaning uzoq yillar davomida o‘z yurtini halollik va adolat bilan boshqargani, ayniqsa, mamlakatda sport rivojiga alohida e’tibor qaratganini xotirlashdi.

Shundan so‘ng Adham Ikramov elchixonaga o‘zining hamdardlik tilaklarini yozib qoldirdi:

“O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafotidan chuqur qayg‘uda.

Shayx Xalifa halol inson, adolatli rahbar bo‘lib, butun umrini xalqiga xizmat qilish, davlatini yuksaltirishga bag‘ishladi. Shunday qayg‘uli vaqtda biz marhumning oilasi hamda BAA xalqi bilan birgamiz. Ular uchun duodamiz!

Chuqur va samimiy hamdardligimizni qabul qiling”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!