“Azovstal”dan tinch aholini evakuasiya qilish yakunlandi – Rossiya Mudofaa vazirligi

“Azovstal”dan tinch aholini evakuasiya qilish yakunlandi – Rossiya Mudofaa vazirligi

Mariupolda “Azovstal” zavodidan tinch aholini evakuasiya qilish operasiyasi yakunlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaani boshqarish milliy markazi boshlig‘i general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 5 maydan buyon, operasiya boshlangani e’lon qilingan paytdan, 51 kishini, jumladan, 11 nafar bolani qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 7 may kuni bir kishi qutqarilgan.

“Rossiya Federasiya rahbariyati tomonidan qabul qilingan misli ko‘rilmagan choralar tufayli, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi vakillarining faol ishtirokida bugun “Azovstal” metallurgiya kombinatidan tinch aholini evakuasiya qilish gumanitar operasiyasi yakunlandi”, - deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, “Azovstal”dan evakuasiya qilingan kishilarning xavfsizligi ta’minlangan va ularga tibbiyo va ruhiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng ular BMT va Qizil xoch vakillari hamrohligida vaqtincha joylashish joylariga ketishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!