«Avto 60 oy» mansabdori imkon berilsa, hamma pulni qaytarishini aytdi

A A A
«Avto 60 oy» mansabdori imkon berilsa, hamma pulni qaytarishini aytdi

«Avto 60 oy» mansabdori Jamshid Bahodirov 19,3 ming nafar fuqarodan olingan 54,3 milliard so‘m miqdordagi pullarning 70 foizi hisob raqamida turganini, unga imkon berilsa, hammaning pulini to‘lab berishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda «Avto 60 oy» MCHJ mansabdorlari ishi ko‘rib chiqilayotgan navbatdagi sud majlisida ma’lum qilindi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Ta’kidlanishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyasi Dilmurod Valiyev raisligidagi navbatdagi sud majlisi 2021 yil 1 fevral kuni bo‘lib o‘tgan va unda 40 nafar qashqadaryolik jabrlanuvchi tinglangan.

«Ma’lum bir sabablarga ko‘ra, 2019 yil 14 oktyabr kuni ichki ishlar organlari faoliyatimni noqonuniy deb topib, meni qamoqqa oldi. Menga dastlab, firibgarlik qilish degan aybni qo‘yishdi. Keyinchalik esa ayblov moddasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan almashtirildi. Ammo men firibgarlik qilganimda, sizlarning pullaringizdan bir so‘m ham qolmasdi. Bo‘ynimga qo‘yilgan 54 milliard so‘mning 70 foizi hozir hisob raqamimda turibdi deb taxmin qilyapman. 16 oy davomida qamoqda o‘tiribman. Menga imkon berib chiqarishsa, hammaning pulini to‘liq to‘lab beraman. Biroq 16 oy davomida menga qo‘yilgan qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilmayapti va menga chiqib, odamlarning pulini to‘lab berishimga imkon berilmayapti. Agar sizlar ho‘p desalaringiz, menga imkon berishsa va men chiqib pullaringizni to‘lab bersam, nima deysizlar?», — dedi sudlanuvchi Jamshid Bahodirov jabrlanuvchilarga savol berar ekan.

Jamshid Bahodirovning sudda aytishicha, unga dastlab UzAuto Motors AJ ustingdan shikoyat qildi deb ayblov qo‘yilgan. Keyinchalik aniqlashtirilishicha, UzAuto Motors AJ tomonidan shikoyat tushmagan bo‘lgan va uni qamoqqa olishgach, shikoyat IIV tomonidan yozdirib olingan.

Mazkur ish sud tomonidan ko‘rilayotganiga 6 oy 4 kun bo‘ldi

Chilonzor tuman sudi sudyasi Dilmurod Valiyevning ma’lumot berishicha, «Avto 60 oy» mansabdorlari ishi bo‘yicha boshlangan sud ishiga 2021 yil 1 fevral kuni 6 oy 4 kun bo‘ldi.

«Sud aslida o‘z ishini 6 oy muddatda yakulashi kerak edi. Biroq 2021 yil yanvar oyida bu ish bo‘yicha yana 1128 nafar fuqaro shikoyat qilgani va jinoyat ishiga birlashtirilgani sabab yana muddat qo‘shilmoqda. Va biz aynan shu jabrlanuvchilarni tinglayapmiz. Taxminan ikki yoki uchta viloyat qoldi. Shuni yakunlasak, keyin prokuror va himoyachilarning muzokara so‘zi eshitiladi. Hozirda sud 4 fevral kuni yakunlanar ekan degan gap yuribdi. Yo‘q, bu yolg‘on. Hali muzokara so‘zlari va undan keyin sud maslahat uyiga kirish jarayonlari bor», — dedi sudya.

Sudyaning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, ayni kunga qadar sud 10 mingga yaqin jabrlanuvchining ko‘rsatmalarini tinglagan.

Qashqadaryolik jabrlanuvchilar nima deydi?

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 1 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi binosida to‘plangan jabrlanuvchilar videokonferensaloqa tarzida Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga bog‘langan va 78 nafar jabrlanuvchi tinglanishi ko‘zda tutilgan. Biroq shu kungi sud majlisiga 40 nafar fuqaro to‘plangan. Shunda ham jabrlanuvchilarning o‘rniga kelgan yaqinlari ko‘rsatmasi tinglanmagan.

«2019 yil Toshkentdagi Zarqaynarga borib, 3 million so‘m to‘lov qilganman. O‘shanda to‘lov qilmasdan, shunchaki ko‘rib kelaman deb borgandim. To‘qqizinchi navbatga yozilib, ichkariga kirdim. Qarasam, yuzlab odam navbatga yozilgan. Ko‘z oldimda bir Nexia-3, Damas va Cobalt’ning kaltini berib yuborishgach, ishondim-da, to‘lov qilib qo‘ydim. Endi bilsam, aldangan ekanman», — deydi kosonlik jabrlanuvchi Husan Sattorov.

«Bularning reklamasi va gapiga ishonib, 4 ta mashinaga 12 million so‘m to‘lov qilganman. Ammo bugungi kunga kelib, na mashina bor va na pul. Suddan adolat kutyapmiz», — deydi beshkentlik jabrlanuvchi Zafar Qodirov.

«‘Avto 60 oy’ning reklamalarini eshitib, odamlar pul to‘layotganini bilib, 2019 yil 26 avgustda Qarshi shahridagi ofisiga borib, 3 million so‘m to‘lov qilgandim. Keyin bilsak, aldangan ekanmiz va sud jarayonlarida ishtirok etyapmiz. Ammo hali pulimizni ololmadik», — deydi qamashilik jabrlanuvchi Oybek Bobonazarov.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchilar orasida 10 million so‘m to‘lov qilganlar ham bor.

«35 kunda Lacetti olib chiqib beramiz deyishgani uchun 10 million so‘m to‘lov qilgandim. Endilikda o‘sha pulimga kuyib o‘tiribman. Suddan adolat kutyapman», — deydi yana bir jabrlanuvchi Nusrat Akromov.

Eslatib o‘tamiz, «Avto 60 oy» MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan 2019 yil 12 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 1-qismi (pul mablag‘larini va/yoki boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu jinoyat ishi  bilan bog‘liq tergov harakatlari 2 iyun kuni yakunlandi.

Tergov materiallariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MCHJ vakillari fuqarolarga UzAuto Motors avtomobillarini dastlabki to‘lov va foizlarsiz bo‘lib to‘lashga sotib olishni taklif qilib, 19,3 ming mijoz bilan shartnoma tuzib, ularning 54,3 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini jalb qilgan. Yetkazilgan moddiy zararning 36,8 milliard so‘mi tergov davomida qoplangan.

5 avgust kuni «Avto 60 oy» MCHJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud ishi boshlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.