Arzgo‘ylar foydasiga 179 million so‘m undirildi

Farg‘ona mexanika zavodida ishlab, kasb kasalligiga chalingan bir guruh fuqarolarning murojaati O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Farg‘ona viloyati kengashi mutaxassislari tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqildi.
O‘rganishlar davomida 37 nafar fuqaroga zarar to‘lovi to‘xtatib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatini bartaraf etish yuzasidan zavod ma’muriyatiga taqdimnoma kiritildi. Ish beruvchi mazkur taqdimnoma asosida 37 nafar zarar to‘lovini olish huquqiga ega fuqaroning talabnomalarini qondirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)