AQSh yangi elchisi O‘zbekistondagi 5 ta maqsadini aytdi

AQSh yangi elchisi O‘zbekistondagi 5 ta maqsadini aytdi

QShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum o‘zbek jurnalistlari bilan uchrasharkan, O‘zbekistondagi faoliyatini 5 ta muhim maqsaddan boshlashini aytgan, deydi "ZedNews".

1-maqsad: O‘zbekiston bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish. Bu nafaqat Afg‘oniston, balki buzg‘unchi ekstremizm, transmilliy jinoyat, giyohvand moddalar savdosi va boshqa xatarlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishni ham anglatadi. Bu hafta Mudofaa vaziri Qurbonov AQShga safar qilib, Vashingtongda AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi janob Esper bilan uchrashadi.

2-maqsad: elchi O‘zbekiston hukumati boshlagan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni imkon qadar ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar ma’lum bir sohalarda, masalan, sud-huquq islohotlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida foydali tajriba va bilim taklif etishi mumkin.

3-maqsad: inson huquqlarini himoya qilishni davom ettirish. Bunda ifoda, uyushish va din erkinligi yoqlanadi. Kelasi hafta Vashingtongda o‘tadigan xalqaro diniy erkinlikka oid vazirlar darajasidagi uchrashuvda O‘zbekistondan ham katta delegasiyasi qatnashadi.

4-maqsad: elchi AQSh va O‘zbekiston vatandoshlari o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilishini xohlaydi. "Shunday qilsak, kelgusi o‘n yilliklarda ikki buyuk xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabat ravnaq topishi uchun aloqalar tarmog‘ini barpo etamiz", deydi elchi.

5-maqsad: Rozenblum AQSh kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z mahsulot va servislarini sotish hamda foydali investisiya kiritish imkoniyatidan to‘liq foydalanishlarini istaydi. 

Elchining aytishicha, amerikalik kompaniyalar inson kapitaliga sarmoya kiritadi. Bu esa sarmoyalar ichida eng yaxshisidir, chunki undan O‘zbekiston uzoq yillar davomida foyda ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!