AQSh Xitoyni strategik qurol yaratishga sarmoya kiritishda aybladi

AQSh Xitoyni strategik qurol yaratishga sarmoya kiritishda aybladi

AQSh fikricha, Pekin bilan Rossiya – Amerika strategik qurolni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘xshash kelishuv bo‘lmagani sababli, Xitoy shu yo‘nalishga sarmoya kiritmoqda. Ayni fikrni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashida strategik aloqalarni muvofiqlashtiruvchi Jon Kirbi bildirgan.

– Muayyan kelishuv yo‘q va shu bois, bilamizki, Xitoy shunday qurollar uchun sarmoya kiritishda davom etmoqda, – dedi u Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi brifingida jurnalistlarga. – Prezident Jo Bayden bu masalada Xitoy bilan munosabatni muvofiqlashtirishga harakat qilyapti. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishiga hech qanday sabab yo‘qligiga ishonaman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!