Ozarbayjonda Rossiya fuqarolariga nisbatan talablar kuchaytirilmoqda
Ozarbayjon hukumati ham Rossiya fuqarolarining mamlakatda bo‘lish qoidalarini qat’iylashtirmoqda.
Bir muddat oldin mamlakat tashqi ishlar vazirligi bu haqda ogohlantirgandi.
Ozarbayjon TIV matbuot kotibi Ayxan Hajizoda xorijlik fuqarolarning Rossiyada vizasiz qolish qoidalarini kuchaytirish haqidagi savolga javob berar ekan, Boku ham bu masalada «paritet va o‘zaro munosabatlar» tamoyillariga amal qilishini aytgandi.
«Rossiya tomonidan o‘rnatilgan yangi qoidalar va mamlakatda bo‘lish muddatiga qo‘yiladigan talablarning kuchaytirilishi, birinchi navbatda, fuqarolarimizning huquqlari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilmoqda», – degan u.
Shu munosabat bilan, TIV vakili «yaqin kunlarda» rossiyaliklarning Ozarbayjon hududida vizasiz qolish muddati bo‘yicha qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilayotganini aytgan.
Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi farmoyishiga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan Rossiya Federasiyasi fuqarolari mamlakatda 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vizasiz bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, hozirda chet elliklar Rossiyada ketma-ket 90 kundan va yiliga 180 kundan ortiq vizasiz qolishlari mumkin. Biroq, 1 yanvardan boshlab, mamlakatda maksimal vizasiz qolish muddati yiliga 90 kungacha qisqartiriladi.