Ozarbayjon prezidenti Rossiyaga uchta shart qo‘ydi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon havo yo‘llari samolyotining Aktauda qulashi uchun javobgarlarni jazolashga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ozarbayjonga ham, jarohatlangan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga ham tovon to‘lashi kerak.
“Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarbayjondan kechirim so‘rashi kerak. Ikkinchidan, aybingizni tan oling. Uchinchidan, aybdorlar jazolanishi, javobgarlikka tortilishi, Ozarbayjon davlatiga, jabrlangan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga tovon puli to‘lanishi kerak”, — dedi prezident AZTV telekanaliga bergan intervyusida.
Uning qayd etishicha, kecha, 28 dekabr kuni Rossiya tomoni shartlarning birinchisini bajargan.
Samolyot halokatining yakuniy sababi qora qutilar tahlil qilingandan so‘ng ma’lum bo‘ladi, deya ta’kidladi Aliyev. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki versiyalar asosli va samolyot "Rossiya hududida tashqaridan zarar ko‘rgan". Shu bilan birga, u samolyot beixtiyor urib tushirilganiga aniqlik kiritdi.
“Bizni xafa qilgan va hayratga solgan lahzalardan biri bu gaz ballonining portlashi haqidagi Rossiya rasmiy tuzilmalari tomonidan ilgari surilgan versiya bo‘ldi. Bu masalani jim bo‘lishga urinishdek ko‘rindi”, — deya qo‘shimcha qildi u.