Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

A A A
Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Toros tog‘larining yarim oy shakli bilan o‘ralgan, O‘rta Yer dengizi va moviy osmon ranglarining mukammal qorishuvi, shuningdek, ayni paytda ko‘ngilochar sayohat manzili deganda xayolga birinchilardan bo‘lib keladigan ushbu marshrut - ya’ni Antaliya, tarix, madaniyat, tabiat, dengiz, hamda, quyoshni o‘zida mujassam etgan ertaknamo shahardir.

Antaliya dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan shaharlardan biri va buning o‘nlab sabablari mavjud. O‘rta Yer dengizi sohilida g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilgan 640 kilometrlik qirg‘oq chizig‘i, shaharni qirg‘oqqa parallel ravishda o‘rab turgan Toros tog‘lari bilan dengiz, qum va quyoshni sevuvchilar, hamda, tabiatda adashib qolishni istaganlar Antaliyada o‘zlariga o‘nlab maqbul variantlarni topishlari mumkin.

Shaharning eng g‘arbiy qismining Teke yarim orolida, Qadimgi Likiya madaniyatining muhim markazlaridan biri bo‘lgan Antik Patara shahri joylashgan. Sharqqa qarab harakatlanar ekansiz, Demre qo‘ltig‘ida so‘lim tabiatni, har bir burchakda esa, qadimgi sivilizasiya izlarini uchratishingiz mumkin. Kas - dunyodagi kam sonli suv ostiga sho‘ng‘ish markazlaridan biri sanaladi. Kemerda ko‘plab hashamatli kurort mehmonxonalari va haybatli Tahtali tog‘i joylashgan. Antaliya shahrining markazini tashkil etgan Kaleichi, Sharqiy O‘rtayer dengizining eng muhim o‘rta asr portlaridan biri bo‘lgan qadimiy Attaelia shahrini, Saljuqiylar izlarini va tabiat mo‘’jizalarini birlashtiradi. Pamfiliya sivilizasiyasining muhim port shahri bo‘lgan Sankt-Polning asosiy to‘xtash joylaridan biri bo‘lgan Perge antik shahri, ajoyib tuzilmalari bilan ta’sirchan tarixiy markazga aylantirilgan.

Belek, maxsus loyihalashtirilgan maydonlari bilan dunyoning noyob golf markazlaridan biri sanaladi. Belek mintaqasida jahon standartlariga javob bera oladigan xizmatlar, tabiat va turli qulayliklarga ega yuqori darajadagi kurort mehmonxonalari ham mavjud. Bu yerdan bir oz shimolga yursangiz, dunyodagi eng yaxshi saqlanib qolgan qadimiy teatrlardan biri Aspendos antik teatriga borishingiz mumkin. Daryoga o‘rmonlar orasidan sizib kelib, ko‘piklardek ko‘pirgancha qo‘shilib ketadigan Manavgat sharsharasi va uning yonidagi dengiz sohilida joylashgan Apollon ibodatxonasi va Side qadimiy shahri, o‘rganish uchun bir kun ham yetmaydigan madaniy boyliklarga ega. Qarag‘ay o‘rmonlari va sharsharalari bilan maftun qiluvchi Alaniya, O‘rta Yer dengizigacha cho‘zilgan tarixiy qal’asi bilan shaharning sharqida joylashgan.

Tog‘lari

Taxtali tog‘i

Taxtali tog‘i Antaliya shahar markazining g‘arbiy qismida, Kemer tumanidagi Beydag‘lari milliy bog‘i ichida joylashgan. Tog‘ Kemer qirg‘oq chizig‘iga juda yaqin bo‘lsada, tog‘ning cho‘qqisi 2365 metr balandlikda joylashgan.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Taxtali tog‘i

Toros tog‘lari

Toros tog‘lari yoki oddiygina Toroslar, ko‘plab Yevropa mamlakatlarini bosib o‘tgan Alp tog‘larining Onado‘lidagi qisman davomidir. Toros tog‘lari Turkiyada O‘rta Yer dengizi sohiliga parallel ravishda Antaliyaning g‘arbidan, ya’ni, Teke yarim orolidan boshlanib, butun Antaliyani dengizga parallel ravishda aylanib o‘tadi va Suriya chegaralariga kirib davom etadi.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Toros tog‘lari

Ko‘prikli kanyon milliy bog‘i

Ko‘prikli kanyon milliy bog‘i Antaliya shahar markazidan 85 km shimoli-sharqda, Manavgat tumanidan 63 km shimoli-g‘arbda, Ko‘pruchay daryosi yoqasida joylashgan. Ushbu tabiiy hudud 1973 yilda Milliy bog‘ sifatida ajratilgan va e’lon qilingan. Milliy bog‘ning manba qiymatini tashkil etuvchi Ko‘pruchay ta’sirida vujudga kelgan vodiy, Turkiyaning eng uzun kanyonlaridan biri bo‘lib, uzunligi 14 km, devor balandligi esa, 100 metrdan ortiqdir.

Ko‘prikli kanyon milliy bog‘i o‘zining tabiiy, tarixiy va madaniy boyliklari tufayli tashrif buyuruvchilarga ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlarni taklif etadi. Ko‘pruchay va uning atrofida kanoe (eshkakli qayiq)da sayr qilish va kanyonda bo‘ylab sayohat qilish, shuningdek, rafting; suzish, piyoda sayr qilish, qoyaga ko‘tarilish, mo‘ljalga otish, velosport, baliq ovlash, yovvoyi tabiatni kuzatish, lager, fotografiya, piknik, jip safari va plato ekskursiyalari kabi o‘nlab turli xildagi tadbirlarni amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, siz Selge antik shahrini va bir qismi Milliy bog‘da joylashgan Avliyo Pavel yo‘lini marshrutingizga kiritishingiz mumkin.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Ko‘prikli kanyon milliy bog‘i

Go‘ynuk darasi

Antaliya shahar markazidan 36 km janubi-g‘arbda, Kemerning shimolda joylashgan Go‘ynuk darasi; o‘zining so‘lim tabiati, ko‘m-ko‘k daraxtlari, tabiiy sharsharalari va hovuzlari bilan deyarli yer yuzidagi jannatga aylangan. Ushbu dara dunyoga mashhur Likiya yo‘lida joylashgan.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Go‘ynuk darasi

Kekova

Kekova, uzunligi 7,4 km, kengligi taxminan 500 metrga yetgan orol bo‘lib, Uchog‘iz (Teimiusa) va Kale (Simena) qishloqlari bo‘ylab cho‘zilgan. Eng baland cho‘qqisi 188 metr bo‘lgan orolni feruza dengiz o‘rab olgan.

Kekova - so‘nggi yillarda tobora ommalashib borayotgan orollardan sanaladi. Chayag‘zi (Andriake) dan amalga oshiriladigan qayiq sayohatlari "Kekova sayohati" deb atala boshlandi. Bundan ham muhimi, orol atrofidagi arxeologik tabiiy himoya hududlariga “Kekova muhofaza hududi” nomi berilgan.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Kekova

Kash - Antaliyaning g‘arbiy qismida joylashgan, she’r va qo‘shiqlar yoziladigan, dam olish va hordiq chiqarish uchun afzal sanalgan, tor ko‘chalari va tabassumli odamlari bilan sizni o‘ziga tortadigan «shinamgina» shaharcha so‘zi bilan ta’riflashga loyiqdir.

Kash sizga o‘nlab tadbirlarni va’da qiladi. Ulardan eng mashhuri Kashning kichik bandargohidan jo‘naydigan qayiqlarga minib, moviy qo‘ltiq bo‘ylab sayohat qilishdir. Bundan tashqari, bu sokin qo‘ltiqda Turkiya va Yevropada eng mashhur sho‘ng‘ish manzillari mavjud. Kanyon, Dimitri (Pamuk), Besmi oroli, Buyuk g‘or va Limanag‘zi Kashning eng taniqli va istiqbolli sho‘ng‘ish joylaridir.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Kash qo‘ltig‘i

Sohillari:

Konyaalti sohili

Turkiyaning eng mashhur sohillaridan biri bo‘lgan Konyaalti sohili Antaliya shahar markazidan atigi sakkiz kilometr g‘arbda, ya’ni shahar ichida joylashgan. Moviy bayroq sohibi va 7,5 km uzunlikdagi sohil Antaliyaning eng muhim tabiiylik siymolaridan biridir

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA).

Konyaalti sohili

Kaputash sohili

Birinchi darajali tabiiy muhofaza qilinadigan hudud bo‘lgan Kaputash sohili Kash-Kalkan avtomagistralida joylashgan. Kaputash - dengizga tutashgan vodiyning og‘zida joylashgan sohildir. Oq qumlardan iborat ushbu sohil - ochiq havoda to‘q ko‘k, yaqinlashganda moviy, qirg‘oqdan qaraganda esa feruza rang bo‘lib tovlanadigan afsunkor dengiz hisoblanadi.

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari (FOTOLAVHA)

Kaputash sohili

Chirali sohili

Kemer tumanidagi Chirali sohili janubiy tomondan Qadimgi Olimpos shahri, shimoli-g‘arbidan esa Yanartash (Ximera) bilan o‘ralgan. Chirali sohilining uzunligi 3,2 km va kengligi 10 dan 50 metrgacha. Sohil dengizdan yengil qiyalik bilan ko‘tariladi va ikkala uchida qoyalar bilan chegaralanadi. Umuman olganda, u mayin qumlari bilan mashhur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.