Angrenda qalbaki 100 ming so‘mliklarni tayyorlab sotganlar ushlandi

Angrenda qalbaki 100 ming so‘mliklarni tayyorlab sotganlar ushlandi

Angren shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro 1 500 000 so‘m qalbaki pullarni 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, bir biriga ulanib ketgan mazkur «jinoyat zanjiri» uzilib, ishga aloqador bo‘lgan yana 4 nafar (29-47 yoshli) shaxslar prosessual tartibda qo‘lga olindi.

Ulardan yana qiymati 1 500 000 so‘mga teng bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

Aniqlanishicha, ushbu shaxslar tomonidan, avvalroq ham 5 000 000 so‘mga teng bo‘lgan qalbaki pul kupyuralari chop etilgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!