Andijonda qiynoqqa solingan fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Andijonda qiynoqqa solingan fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar  xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Andijon shahrida fuqaroga zo‘ravonlik ishlatib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020 yil 27 noyabrdagi hukmiga ko‘ra:

D. Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Q. Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

E. Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

F. Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan)uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

P. Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

A. To‘raqulov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) uzil-kesil 1 yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 30 may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam Andijon filialiga Andijon shahar, Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro tan jarohatlari bilan kelib tushgan.

IIB JQB tezkor vakillari ish yurituvdagi ariza yuzasidan fuqaroni IIB ma’muriy binosiga olib kelib, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, noqonuniy ravishda ushlab turganliklari oqibatida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Fuqaro sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahar IIO FMB 4-son IIBdan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan. Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan u 11 iyun kuni vafot etgan.

Oliy sud matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!