Andijonda giyohvand moddalarni sotayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Andijonda giyohvand moddalarni sotayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

2021 yil 25 avgust kuni Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, giyohvand moddalarni kontrabanda tashib o‘tuvchi va sotuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Marxamat tumani “Shomat” mahallasida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksning 276-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 1978 y.t., fuqaro T.O. hamda uning jinoiy sherigi, Asaka tumani “Gujgan” mahallasida yashovchi, 1964 y.t., fuqaro M.B.lar birgalikda, tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan viloyat IIB JQB katta tezkor vakiliga jami 100 gramm “gashish” giyohvand moddasini, 1.000 AQSh dollariga sotayotganlarida ushlangan.

Xozirda, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!