Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini saqlab kelayotgan fuqarolar aniqlandi

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini saqlab kelayotgan fuqarolar aniqlandi

Andijon viloyati IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 1961 yilda tug‘ilgan Andijon tumani fuqarosi M.D. o‘zini shubhali tutganligi sababli uni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning yonida 37 dona “Regapen” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Xuddi shunday yana bir holatda 1996 yilda tug‘ilgan Andijon shahrida yashovchi J.M. o‘zini shubhali tutganligi sababli uni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida yonidagi sumkasida jami 31 dona “Regapen” va 5 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqarolar M.D. hamda J.M.larga nisbatan Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!