Ana xolos! ISHID jangarilari qamoqxonadan chiqarib yuborildi

Ana xolos! ISHID jangarilari qamoqxonadan chiqarib yuborildi

Kurd kuchlari Suriya shimoliyadagi Tell-Ab’yaddagi qamoqxonadan ISHID* jangarilarini ozod etdi. Bu haqda RIA Novostiga Turkiya yuqori lavozimdagi manba ma’lum qildi.

Suhbatdosh ta’kidlashicha, dushanba kuni ertalab Turkiya qo‘shinlari qamoqxonaga hujumni boshlashdi, ammo bundan avval Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari mintaqada vahima solish maqsadida terrorchilarni qo‘yib yuborishdi.

“Joyida o‘tkazilgan ekpertiza mahbuslar eshiklarni sindirishmaganligini ko‘rsatdi. Qo‘riqchilar, avval tahdid qilganidek, ISHID jangarilarni qo‘yib yuborishganga o‘xshaydi”, - dedi suhbatdosh.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!