Amerikaliklar va o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi farqlar

A A A
Amerikaliklar va o‘zbekistonliklar o‘rtasidagi farqlar

AQShda uzoq yillardan buyon istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Behzod Mamadiyev Facebookʼda quyidagicha post qoldiribdi:

“Yaqinda bir oy O‘zbekistonda bo‘ldim. 10 yildan beri Amerikada yashayman. Odamlarni, urf-odatlarni kuzatishni yaxshi ko‘raman. Amerikaliklar va o‘zbekistonliklar o‘rtasida ko‘zimga tashlangan farqlar, safarim davomida o‘zim guvoh bo‘lgan ba’zi holatlar haqida yozmoqchiman:

- Amerikaliklarda “odamgarchilik“ yo‘q. Qoidani buzdingmi, jazolashadi. Barcha narsani qonun-qoida bo‘yicha qilishadi.

O‘zbekistonda tanish-bilish orqali yoki odamgarchilik yuzasidan istalgan ishingizni bitirib berishlari mumkin. Agar mavjud qoida yoki tartib bo‘yicha oyoq tirab turib olsangiz, sizni noinsoflikda, “kommunist“likda ayblashadi (Shukur Xolmirzayevning “O‘zbek xarakteri“ hikoyasiga qarang);

- O‘rtacha amerikalik kiyim-kechakka uncha e’tibor bermaydi. Ish yoki ko‘chaga chiqish shartlariga minimum darajada javob beradigan kiyim bo‘lsa bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar kiyimga, ayniqsa, qimmatbaho brendlarga o‘ch. To‘yib ovqatlanmasa ham, yaxshi kiyinishi kerak;

- Taksi kelsa, amerikaliklar orqa o‘rindiqqa o‘tiradi; o‘zbekistonliklar, odatda, shofyor oldiga;

- Amerikada birovdan oylik maoshini so‘rash odobsizlik hisoblanadi. O‘zbekistonliklar esa ilk uchrashuvdayoq oyliging qancha, deb so‘rashdan tortinmaydi;

- O‘zbekistonda shofyor oldiga o‘tirib xavfsizlik kamarini taqsangiz, shofyor, “sizga shart emas”, deydi yoki “yaxshi niyat qiling, aka” deb to‘ng‘illaydi. Amerikada kamar taqish mashinani o‘t oldirishdek unutilmas odatga aylangan;

- Amerikada GAI mashinalarni orqadan kelib to‘xtatadi. Ya’ni, qoidani buzsangiz, orqangizda polisiya mashinasi paydo bo‘lib, chirog‘ini yoqadi. Siz chetga chiqib to‘xtashga majbur bo‘lasiz.

O‘zbekistonda GAI kaltagini ko‘tarib to‘xtatadi;

- Amerikada polisiyachi hujjatlarni mashina oldiga kelib rasmiylashtiradi. Haydovchi mashinadan tushmaydi va polisiyachi bilan bahslashishi mumkin emas. Bahslashsa, o‘sha zahoti qamoqqa olinishi mumkin. Shikoyatini sudga bildirishi kerak, uni aybdor deb topgan polisiyachiga emas.

O‘zbekistonda shofyor mashinadan tushib GAI xodimi oldiga boradi va kamida 15-20 minut GAIga qoida buzmaganini tushuntirishga urinadi. GAI xodimi ham u bilan tortishib o‘tiraveradi. Aslida 100 foiz aybdor bo‘lsa ham, jarima olgan haydovchi GAI xodimini bo‘ralatib so‘kib, keyin ketadi;

- Amerikada mashinalar uchun yo‘laklar (polosa) soni nechta bo‘lsa, mashinalar qatori ham shuncha bo‘ladi.

O‘zbekistonda ikki chiziqli yo‘lda uchta yoki to‘rtta mashinalar qatorini ko‘rishingiz mumkin;

- Amerikada chorrahada svetofor ishlamay qolsa, GAI xodimi kelguncha yoki svetofor ishi tiklanguncha haydovchilar harakatni o‘zlari boshqaradi. Bir-biriga navbat bergan holda to‘rtta ko‘chada ham harakat tabiiy holda davom etadi, hech qanday tiqilinch bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda hamma tezroq o‘tib ketishni xohlab chorraha markaziga intiladi, natijada hech kim o‘ta olmaydi. Soatlab tiqilinch paydo bo‘ladi;

- Amerikada hamma bir-biriga jilmayib qaraydi. Begonalar ham ko‘cha-ko‘yda bir-biriga ko‘zi tushib qolsa, jilmayib o‘tadi. Turtinib ketsa yoki qarshi tomondan kelayotgan odamning yo‘lini to‘sib qo‘ysa, ikkala tomon bir-biridan uzr so‘raydi.

O‘zbekistonda notanish odamga jilmayish mumkin emas. Yo‘lda kimgadir turtinib ketsa, kechirim so‘rashdan ko‘ra so‘kinish, xo‘mrayish ko‘proq;

- Amerikada jamoatchilik va shaxsiy hayot o‘rtasida katta farq bor. Jamoat joyida hamma bir xil qoida va etikaga rioya qiladi. Shaxsiy hayotda qonunni buzmasa bas, hamma xohlaganini qiladi, birovning birov bilan ishi yo‘q.

O‘zbekistonda odamlardan shaxsiy hayotda ham, jamoat joyida ham ko‘pchilik qabul qilgan qonun-qoida va etika normalariga rioya qilish talab qilinadi. Shaxsiy hayotida xato yoki kimlarningdir nazaridagi buzuqlikka yo‘l qo‘ygan odam malomatlarga qolib ketadi. Uni “o‘ldirish”, “yo‘q qilib yuborish”ga chaqiruvchilar ham kam emas.

P.S. Bu shaxsiy kuzatuvlarning mutlaq haqiqat ekaniga da’voyim yo‘q”

Behzod Mamadiyev

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.