U buning uchun ularga uxlatuvchi dori berib, keyin bo‘g‘gan.
Janubiy Koreyada erkak o‘z oilasining besh nafar a’zosini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Suvon tumani sudi ma’lum qilishicha, 50 yoshlar atrofidagi Li familiyali erkak avval ota-onasi, rafiqasi va ikki qiziga uxlatuvchi hamda tinchlantiruvchi dori bergan, so‘ng ularni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Unga nisbatan giyohvand moddalar nazorati qonunini buzish va qasddan odam o‘ldirish ayblovlari qo‘yilgan.
Prokuratura o‘lim jazosini talab qilganiga qaramay, sud ayblanuvchiga umrbod qamoq jazosini tayinladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Li tadbirkor bo‘lib, milliardlab von qarzga botgan.
Li o‘zini biznesdagi muvaffaqiyatsizlik, milliardlab vonlik qarz va sud jarayonlari tufayli qarz yukining oilasiga qolishidan qo‘rqib, ularni o‘ldirish rejasini tuzgan. U oila a’zolariga ovqatga aralashtirilgan uxlatuvchi dori berishga tayyorlangan, bu tafsilotlar sud materiallarida qayd etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.