Qiziquvchan ayiq fotoqopqonni ko‘rib qoldi…
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida o‘rnatilgan fotoqopqonga qo‘ңg‘ir ayiq muhrlandi.
Qo‘ңg‘ir ayiq zaif, keng, birok mozaik tarqalgan kenja tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobi va CITESning I Ilovasiga kiritilgan. Mart-oktyabrda ko‘pincha ertalab va kechki paytlarda faol bo‘lib, inlariga berkinadi va o‘sha yerda qishlaydi ham. May-iyunda juftlashadi, ikki yilda bir marta bolalaydi. Bolalari 3–4 yoshida voyaga yetadi. Mevalar, ildizlar, ba’zan sutemizuvchilar, hasharotlar, o‘laksalar bilan oziqlanadi, 30 yilgacha yashaydi.
Ma’lumot uchun, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i Surxondaryo viloyati Hisor tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy yon bag‘irlarida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 930 metrdan 3700 metrgacha balandlikdagi hududni o‘z ichiga oladi. Eng yuqori nuqtasi Xo‘jaikuyikalon cho‘qqisi bo‘lib, ushbu tog‘ dengiz sathidan 3700 metr balandlikka ega. Milliy tabiat bog‘i hududida ma’danlarga to‘yingan soylar serob bo‘lib, Zevarsoy, Chakalsoy, Baganikatsoy, Sesangasoy, Sagdorsoy, Simchosoy, Zanbeksoy, Xo‘chisoy, Dilisoy, Tamarxudsoy, Chashmaixunikaksoy nisbatan sersuv hisoblanadi.
“Yuqori To‘palang”da 100 ga yaqin umurtqali hayvonlar, 10 dan ortiq sut emizuvchilar, 20 turga yaqin qushlar, 10 dan ortiq turdagi sudralib yuruvchilar, 1 tur suvda va quruqlikda yashovchi va 6 tur hayvonlar sinfiga mansub bo‘lgan hayvonlar uchraydi. Sut emizuvchilarning 9 turi, qushlarning 9 turi, sudralib yuruvchilarning 2 turi, baliqlarning 2 turi hamda umurtqasizlarning 6 turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
