Almazbek Atambayevga yana ayblov qo‘yildi

Almazbek Atambayevga yana ayblov qo‘yildi

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev va uning 13 nafar tarafdoriga 2019 yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘ytosh qishlog‘idagi to‘qnashuvlar bo‘yicha ayblov e’lon qildi. 

Ayblov xulosasi 491 betdan iborat bo‘lib, unda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish, qotillik, huquq-tartibot organlari xodimlariga suiqasd, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va boshqa jinoyatlarga tegishli faktlar keltirilgan. 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi 2019 yilning avgustida Bishkek yaqinidagi Qo‘ytosh qishlog‘ida Almazbek Atambayevni qo‘lga olishga urindi, biroq sobiq prezidentning tarafdorlari bunga qarshilik ko‘rsatdi. Ikki kun davom etgan urinishlardan so‘ng Atambayev taslim bo‘ldi. Tartibsizliklar chog‘ida 225 kishi jarohat oldi, maxsus xizmatlarning bir xodimi halok bo‘ldi. 

Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik qo‘mitasining tergov izolyatorida saqlanmoqda. U boshqa jinoyatlar, xususan, korrupsiya va noqonuniy boyish bo‘yicha ham ayblanmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!