Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi
"Mavjud tahdidlarga qarshi qonuniy himoya zaruratini hisobga olgan holda, avvalgi ba’zi fatvolarni qayta ko‘rib chiqish nafaqat mumkin, balki ba’zi hollarda zarur bo‘lib tuyuladi, toki Islom tizimi dushman fitnalariga qarshi maksimal darajada to‘xtatuvchi va xavfsizlik kafolatiga ega bo‘lsin", - deyiladi murojaatda.