Alisher Qodirov: "Yo‘l ta’mirlash ishlarini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish kerak"

Alisher Qodirov: "Yo‘l ta’mirlash ishlarini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish kerak"

Yo‘l ta’mirlash ishlarini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish kerak, chunki ish vaqtidagi bunday harakat katta tirbandlikni keltirib chiqarmoqda. 19 may kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida deputat Alisher Qodirov shunday bildirdi.

“Bugun bu jarayonni qonunchilik bilan tartibga solish, ya’ni yo‘l ta’mirini faqat tungi vaqtlarda amalga oshirish vaqtini qonun bilan aniq belgilash kerak. Bu dunyo tajribasida bor”, deya ta’kidladi fraksiya yetakchisi.

Ma’lumot uchun, bugun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida deputatlar "O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasini muhokama qilgan.

Tashabbuskorlar Qodirovning taklifini to‘g‘ri ekanini aytib, bu masala bilan shug‘ullanishga va’da bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!