Aka-ukalar uchun bir xotin

Aka-ukalar uchun bir xotin

So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda aholisning soni 10 yarim million kishi bo‘lgan Tibetda qadimdan saqlanib kelayotgan urf-odat ko‘p erlilik mavjud bo‘lib mazkur udum bugungi kunda ham Tibetning chekka qishloqlarida saqlanib qolgan ekan.

Endi ushbu urf-odat yoki udumning qandayligi hakida sizga yetarlicha ma’lumot berishga harakat qilamiz. Eslatib o‘tamiz ushbu ma’lumotlar tibetlik ingliz tili kursiga qatnashgan Ndjo ismli rohiba ayol bilan suhbatlashgan holda internet tarmog‘iga joylashtirilgan.

Demak boshladik. Tibetda qaylik uchun pul aniqrog‘i qalin berishga qurbi yetmaydigan oilalar barcha o‘g‘illari uchun qo‘pol qilib aytganda bir xotin olib berarkan. Negaki, ularning pullari bir qayliqqa yetadi. Bu esa ularda oddiy hol sanalarkan.

Kelin bo‘lmish birinchi kecha diqqat qiling to‘ng‘ich o‘g‘il bilan birga bo‘ladi. Bu hol ya’ni erni almashtirish qachon uning o‘zi hohlasa aniqrog‘i kelin bola hohlagan paytda sodir bo‘ladi. Kelinning yotoqxonasiga oiladagi boshka o‘g‘il kirsa u eshik oldida o‘z oyoq kiyimini qoldiradi. Bundan ma’lum bo‘ladiki bugun go‘shangada u. Naqadar yovvoyilik. Eng qizig‘i shuki oilada voyaga yetmagan o‘g‘il bola bo‘lsa u voyaga yetib erkaklar safiga qo‘shilgandan keyin o‘sha o‘g‘il ham erlik navbatiga yoziladi. Buning uchun esa undan faqatgina yaxshi mehnat qilish talab qilinarkan. Agar kelin oiladagi o‘g‘illardan birini o‘z yotoqxonasida ko‘rishni istamasa ya’ni yoniga kiritmasa u holda o‘sha o‘g‘il avvalgidan ham yaxshiroq mehnat qilib kelinning e’tiborini qozonishi kerak bo‘larkan. Agar bu ham ish bermasa o‘rtaga qaynona tusharkan.

Agar qaynonaning ham kelinga o‘g‘lini qabul qil deb yolvorishi yordam bermasa u holda o‘sha o‘g‘il uchun Tibetda diqqat qilamiz 2 yo‘l qoladi. Birinchisi rohib bo‘lish, ikkinchisi esa birovlarning uyida qorin to‘yarga og‘ir mehnat qilish. Mana sizga Tibet. Bilamiz sizda hozir savol tug‘ildi. Farzandlar nima bo‘ladi. Ular kimdan. Bu sizni hayron qoldirishi tabiiy ammo tibetliklar uchun buning farqi yo‘q hisolanadi. Negaki, u bir oilaning farzandi. Ularda seniki meniki yo‘q. Bunga ishonish qiyin emas. Oila umumiy bo‘lgandan keyin farzandlar ham umumiy bo‘ladi. Har bir xalqning o‘ziga yarasha urf-odatlari mavjud shu qatori Tibetliklarning ham.

Manba: megadunyo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!