"Agar gunoh qilmoqchi bo‘lsang, Alloh ko‘rmaydigan biron joyni top".
Ibrohim ibn Adham shunday deydilar:
Agar gunoh qilmoqchi bo‘lsang, Alloh ko‘rmaydigan biron joyni top .
Alloh, Alloh! Sen ko‘rmaydigan, Seni nazaringdan pinhon bo‘lgan biron makon, biron o‘rin bormikan?
Imom Rabboniy rahmatullohi alayh aytadilar:
Bandada Allohning ma’rifati hosil bo‘lgach, gunohlardan jirkanadigan, ularni qilishdan hayo qiladigan bo‘lib qoladi .
Alloh, Alloh!
Biz ojizlarni ma’rifating nuriga munosib qilgin!
Imom Moturidiy rohimahulloh aytadilar:
Har qachon bandaga Alloh fazli va marhamati yetib tursa, gunoh qilmaydi. Qachon uzilsa, gunoh qilishni boshlaydi .
Alloh, Alloh!
Barcha gunohlarimizga iqrormiz. Tavba, istig‘forlarimizni qabul qilgin. Bizlarni fazl-u marhamatingdan mosuvo qilmagin!
Allohim rahmatingdan umidvormiz, bizlarni O‘zing rozi bo‘ladigan amallarga muyassar qilgin!
Gunohlardan tiyiladigan, ulardan jirkanadigan, mabodo sodir bo‘lib qolsa, nadomatli, tavba-istig‘forli bandalaringdan bo‘lishimizni nasib qilgin!
Sunnatulloh ABDULBOSIT
Manba: azon.uz
