Afrika davlatlari Fransiya ta’sirini saqlab qolishga qarshi

Afrika davlatlari Fransiya ta’sirini saqlab qolishga qarshi

G‘arb davlatlarining, xususan Fransiyaning Afrikadagi ta’sirining davom etishi qit’a mamlakatlarida chuqur umidsizlikka sabab bo‘lmoqda.

Bu haqda Jazoirdagi “Tinchlik uchun jamiyat” harakati yetakchisi Abd al-Ali Hasani Sherif ma’lum qildi.

“Tinchlik uchun jamiyat” harakati Jazoirdagi eng yirik muxolif islomiy partiya hisoblanadi. 2021-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan so‘ng u 462 o‘rinli parlamentda 65 o‘rinni qo‘lga kiritib, respublika qonun chiqaruvchi organidagi uchinchi yirik blokga aylandi.

"Fransuz va G‘arb ta’sirining saqlanib qolishi (Afrika mamlakatlarida - tahr.) chuqur umidsizlikka sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, jahon kuchlari qit’a uchun faol raqobatlashmoqda, mustamlakachilik modellaridan farqli yangi aloqa va hamkorlik formatlarini taklif qilmoqdalar”, - deydi siyosatchi.

Uning fikricha, bu “dunyoviy davlatlarning rivojlanishi, Afrika xalqlarining qayta tug‘ilishini ta’minlash uchun mustaqillik va suverenitet uchun qulay bo‘lgan yangi muhit” yaratdi.

Shu bilan birga, Sherif uning partiyasi "siyosiy rejimlarning konstitusiyaviy qonuniyligini hurmat qilish zarur deb hisoblab, harbiy to‘ntarishlarga qarshi" ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!