Afg‘onistonning Zobul viloyatida Eronning Mohajer-6 droni qulab tushdi

Afg‘onistonning Zobul viloyatida Eronning Mohajer-6 droni qulab tushdi

Eronning Mohajer-6 droni Afg‘onistonning Zobul viloyatida qulab tushdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda Mohajer-6 dronini ko‘rish mumkin. U zarba berish funksiyalarini bajarishga qodir, ammo aviqurilmada raketalar aniqlanmagan. Shu sababdan u razvedka faoliyatini olib borgani aytilmoqda.

Mohajer-6 Eron tomonidan ishlab chiqilgan, ammo u ER-878 raqamiga ega. Bunday dron faqat eksport tovarlariga beriladi. Eronning dron belgisi P071 dan boshlanadi.

Qayd etilishicha, eronliklarning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra xorijga sotilishi kerak bo‘lgan drondan foydalangani yoki shunchaki sinovdan o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!