Adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ma’lum bo‘ldi

Adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori ma’lum bo‘ldi

Tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazzoq Gurna Adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.

U «istilochilik oqibatlari hamda madaniyatlar va qit’alar orasiga tushib qolgan qochoqlar taqdiri mavzusini yoritgani uchun» ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi. Abdulrazzoq Gurna hozir Buyuk Britaniyada yashaydi.

Joriy yilning 4 oktyabrdan Nobel mukofoti sovrindorlarini e’lon qilish haftaligi boshlangan edi.

Bungacha Tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishida nufuzli mukofot Kaliforniya universiteti professori Devid Julius va AQShdagi Skrips ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Ardem Pataputyan, Fizika bo‘yicha Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe, Kimyo yo‘nalishida Benjamin List va Devid Makmillan mukofotga loyiq ko‘rilgan edi.

Nobel mukofotining Tinchlik va Iqtisodiyot bo‘yicha sovrindorlari 8 va 11 oktyabr kunlari e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!