Abubakir Ashurov: "Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va ulardan uzr so‘raymiz

Abubakir Ashurov: "Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va ulardan uzr so‘raymiz

U-20 jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi O‘zbekiston — Isroil uchrashuvidan so‘ng yoshlar terma jamoamiz himoyachisi Abubakir Ashurov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hakamning so‘nggi hushtagi chalingunga qadar harakat qildik. G‘alaba nasib qilmagan ekan. Kichik detallarga e’tibor bermaganimiz tufayli raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadik hamda o‘yin oxirida bir lahza e’tiborni yo‘qotish oqibatida to‘p o‘tkazib yubordik. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz va ulardan uzr so‘raymiz. Kelgusi musobaqalarda natijamizni yaxshilash uchun harakat qilamiz.

Qo‘shimcha bo‘lim haqida o‘ylash xayolimizda yo‘q edi. O‘yin taqdirini asosiy vaqtning o‘zida hal qilmoqchi edik. Diqqatni yo‘qotganimiz tufayli yana standart vaziyatdan gol qabul qilib oldik", dedi yoshlar terma jamoamiz himoyachisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!