6 nafar xodimning haqi va 1,5 mlrd. so‘m soliq qarzi to‘lab berildi

6 nafar xodimning haqi va 1,5 mlrd. so‘m soliq qarzi to‘lab berildi

Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining 253-moddasiga ko‘ra, xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan 2 qismga bo‘lingan holda to‘lanadi.

Biroq, ayrim ish beruvchilar tomonidan ushbu norma talablariga rioya etilmasligi oqibatida sudlar tomonidan xodimga ish haqining majburiy tartibda undirilishi haqida ijro hujjatlari tuziladi.

Bo‘ston tumanida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatning ham nafaqat xodimlari, balki soliq idorasi oldida ham qarzdorligi vujudga kelgan.
Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, mazkur jamiyatdan jami 1 455 689 421 so‘m soliq qarzi, 6 nafar ishchisi uchun 113 674 000 so‘m miqdoridagi ish xaqi, shuningdek 4 500 000 so‘m davlat bojini undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davrida qarzdor jamiyat qarzlarini to‘lolmagach unga tegishli “Mashina traktor parki” bino-inshoatlari xatlanib, ro‘yxatga olingan.

Ushbu bino-inshoati 4,4 mlrd. so‘m bilan “e-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan. O‘tkazilgan takroriy savdolardan so‘ng mulk 2,4 mlrd. so‘mga sotilgan.

Sotuvdan tushgan mablag‘lari qarzdor jamiyatning soliq qarzini bartaraf etish bilan birga ish xaqidan bo‘lgan qarzlari va davlat boji uchun o‘tkazildi.

Albatta, bunday holatga tushmaslik uchun ishni to‘g‘ri tashkillashtirish va moliyaviy imkoniyatlarni baholay bilish tashkilot rahbariga mas’uliyat yuklaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!