5 ta xususiy OTM faoliyati to‘xtatilishi rostmi?

5 ta xususiy OTM faoliyati to‘xtatilishi rostmi?

Ma’lum bo‘lishicha, Oliy ta’lim vazirligi 5 ta xususiy OTMning lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga ariza bergan.

Qonunchilikka ko‘ra, lisenziyasi tugatilayotgan nodavlat OTM talabalariga o‘qishini boshqa joyga ko‘chirishga ruxsat beriladi. Biroq, bu paytda o‘qishni ko‘chirishga ariza berish muddati tugagan bo‘lsachi? Talaba nima qiladi?

Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik holatga izoh berolmasligini bildirgan.

“Modomiki, lisenziya beruvchi va uni bekor qilish bo‘yicha sudga ariza kirituvchi tashkilot vazirlik ekan, bu savolga vazirlikdan tashqari kim javob beradi? Axir talaba vazirlik bergan lisenziyaga ishonib, o‘qishga kirgan”, – deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!